35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 12-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyev tashabbusi bilan Jondor tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
🌏Mazkur tashabbus doirasida Turkmanistonlik investorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, tumanda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Loyihalar sanoat, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularning hayotga tatbiq etilishi aholi bandligini ta’minlash, mahalliy iqtisodiyot salohiyatini oshirish hamda yangi qiymat zanjirlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🌏Deputat J.Xudoyevning ta’kidlashicha, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
🌏Kelgusida ham mazkur loyihalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati olib borilib, investitsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.