35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
#munosabat

Yurtimizda 7 iyul kuni I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumining boshlangani mamlakatimiz hayotidagi muhim ma’naviy-ma’rifiy voqealardan biri bo‘ldi. Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli anjuman milliy va islomiy merosimizni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda xorijiy olimlar bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤩Yurtimiz azaldan buyuk allomalar, mutafakkirlar va ilm-fan namoyandalarini yetishtirgan muqaddas zamin hisoblanadi. Bugungi kunda ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, zamonaviy yondashuvlar asosida tadqiq etish hamda kelajak avlodga yetkazish davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani barchamizni quvontiradi.
🤩Mazkur forum mamlakatimizning ochiqlik siyosati, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va ma’naviy taraqqiyot sohasidagi islohotlarini xalqaro jamoatchilikka namoyon etadi. Shu bilan birga, ilm-fan va madaniyat sohasida yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
🤩Ishonchim komilki, ushbu xalqaro forum yurtimizning boy madaniy-ma’rifiy merosini yanada keng targ‘ib qilish, yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.