Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi hamda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiq yuritish hamda ish jarayonida zamonaviy va tizimli yondashuvlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
👨💼Shuningdek, mutaxassislar tomonidan amaliy tajribalar almashilib, hujjatlar ijrosini nazorat qilish, deputatlik faoliyatiga oid materiallarni rasmiylashtirish va ish yuritish samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro tajriba almashuvlarini muntazam tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook