35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
Deputat fuqarolar murojaatlarini qabul qildi

Deputat fuqarolar murojaatlarini qabul qildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "16-Algoritm" okrugi deputati, Uchtepa tumani hokimi Mamadjanov Bunyod Baxtiyorovich tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

💬 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama o‘tkazilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

✅ Qabul yakunlariga ko‘ra, 1 nafar ishsiz xotin-qizga bolalar massajchisi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish uchun vaucher ajratildi, 1 nafar ishsiz yoshga shaxmat to‘garagini tashkil etish uchun zarur joy ajratish masalasi ijobiy hal etildi, shuningdek, 3 nafar fuqaroning ichki ko‘cha yo‘llarini asfaltlash bo‘yicha murojaatlari qanoatlantirildi.

🗣 Deputat qabulida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga qonuniy yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

⚙️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar va shaxsiy qabullarni tashkil etish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5