Deputat so‘rovlari orqali muammolarga yechim izlanmoqda.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Sodiqov hamda tuman Kengashi deputati L. Niyozova hamkorlikda aholini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan deputat so‘rovini tayyorlamoqda.
Mazkur deputat so‘rovi orqali fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash maqsad qilingan.