Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 4-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat I.Raximov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Uchquduq tuman mudofaa bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘RQ-211-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mudofaa bo‘limida qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, harbiy hisobni yuritish, safarbarlik tayyorgarligi, mudofaa sohasiga oid hujjatlarning yuritilishi hamda fuqarolarning harbiy xizmatga oid murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, qonun hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Deputatlik nazorati davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, qonun hujjatlarining joylarda to‘liq va sifatli ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4