Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВЛАРИ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ НАТИЖАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ НАВБАТДАГИ 31-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТНИНГ ҚЎШИМЧА МАНБАЛАРИНИ ЙЎНАЛТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

 TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Oripova tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari kesimida o‘ziga biriktirilgan sog‘liqni saqlash
sohasi doirasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi 3-son oilaviy
poliklinika tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil
29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–265-I-son
Qonunining mazmun-mohiyati, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlar hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida belgilangan
ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.


Xususan, qonunda belgilangan har bir fuqaroning malakali tibbiy yordam olish
huquqi, profilaktik tibbiy xizmatlarni kengaytirish, onalik va bolalikni
muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda tibbiyot xodimlarining
huquq va majburiyatlariga oid muhim normalar xususida atroflicha ma’lumotlar
yetkazildi.


Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish,
bemorlarga xushmuomalalik va yuksak mas’uliyat bilan yondashish, tibbiy etika
va deontologiya qoidalariga qat’iy rioya etish, sog‘lom turmush tarzini keng
targ‘ib qilish hamda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.


Tadbir davomida tibbiyot xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, qonun
mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ko‘rsatilayotgan tibbiy
xizmatlar samaradorligi va sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli
tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4