Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Muammolar o'rganildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Sh.Matirzayev hamda kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar tomonidan 11-Xolimbeg saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tungi yoritilishi hamda aholining kundalik harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida Xolimbeg ko'chasidagi zaxkash (kollektor) ustidan o'tuvchi ko‘prikning holati xavfli avariya holatida ekanligi aniqlandi. Mazkur ko‘prikdan har kuni aholi, transport vositalari hamda o‘quvchilar foydalanayotgani va ayrim joylarida yemirilish hamda yon qismlarida nosozliklar va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan holatlar kuzatilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotga murojaat kiritish hamda ko‘prikni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3