Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Murojaat bor joyda yechim ham bor!

Saylovchilar tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Boltaboyev tomonidan tuman markazidan Nurafshon mahallasiga olib boruvchi 60V091 (Qozig‘o‘rg‘on – Bo‘z – Shodmonov) mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Quvonarlisi, mazkur murojaat ijobiy hal etilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur ishlar amalga oshirildi. Bugun yo‘l holatini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar o‘z ijrosini topmoqda.

Eng muhimi, aholi fikri eshitilmoqda, murojaatlar e’tibor markazida va amaliy natijalarga erishilmoqda.

Mas’ul tashkilotlar va ushbu ishlarda ishtirok etgan barcha fidoyi xodimlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

Xalq bilan muloqot va muammolarga yechim topish — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifasi bo‘lib qolaveradi.

Slide 1 of 4