Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat faoliyati va mahalla hayoti e’tibor markazida

Deputat faoliyati va mahalla hayoti e’tibor markazida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri Oʻ.Rajabov hamda tuman Kengashi deputati S.Rajabova tumandagi "Istiqlol" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududda faoliyat olib borayotgan deputati G.To‘rayevaning ish tizimi va amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv va muloqotlar davomida asosan quyidagi masalalarga urgʻu berildi:
Deputat tomonidan aholi muammolarini tinglash va ularni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar holati.
"Istiqlol" mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha deputatlik nazoratining samaradorligi.
Hamkorlik tizimi: Deputat, mahalla ettiligi va jamoatchilik vakillarining oʻzaro hamjihatlikdagi faoliyati.
Xalq vakillarining mahalla hayotidagi rolini oshirish, har bir fuqaro murojaati ortida inson taqdiri turganini his qilgan holda tizimli ishlarni tashkil etish.

Muloqot yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan deputatlik soʻrovlarini samarali yoʻnaltirish hamda mahalla ahlining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan kelgusidagi muhim vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.