Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Bu galgi monitoring Yangi Chorsu mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Tinchlik ko‘chasi 36-uyda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Sh.Ro‘zmatov xonadonida olib borildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda ishchi guruh a’zolari ishtirok etdilar. Shuningdek, Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli hujjatlar taqdim etildi.

O‘rganish davomida qaror asosida xonadonda olib borilayotgan yashil ta’mirlash ishlari holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Xususan:
qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati;
bajarilayotgan ishlarning belgilangan loyiha va talablar asosida olib borilishi;
qurilish materiallarining yetarliligi;
ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

Mas’ullar bilan muloqot davomida ishlarning sifatli tashkil etilishi, fuqaroga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish hamda ta’mirlash jarayonini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar va ishchi guruh tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4