Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 2-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati O‘zMTDP a’zosi K.Shukurov, Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan shahardagi kutubxonalar faoliyati o‘rganildi. Shaharda 5 ta kutubxona mavjud bo‘lib, unda
53967 ta kitob fondi saqlanmoqda. Kitobsevarlarga kitob mutolaasi uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
O‘rganish davomida kitob fondini to‘ldirish maqsadida 2024,2025-yillarda mahalliy byudjetda mo‘ljallangan mablag‘lar boshqa maqsadlarga sarflanganligi bois, oxirgi ikki yilda yangi kitoblar xarid qilinmagan. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2024-yilda 148 ta va 2025-yilda 401 ta kitoblar sovg‘a qilingan, holos. Kutubxonada bir qator muammolar ham aniqlandi. Jumladan, qish faslida binoning bir tomoni isitilmaganligi bois kitoblar namlanib, ham kitob sifatiga zar keltirib, ham tashrif buyuruvchilarni sog‘ligiga putur keltirmoqda. Bundan tashqari elektron adabiyotlardan foydalanish uchun 6 ta zamonaviy kompyuterlarga, rangli printirga, 2 ta konditsionerga ehtiyoj mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Yuqorida bayon etilgan muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovini mutasaddilarga chiqarish va ijrosini nazoratga olishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 3