Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Z. Eshmurodova hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Qulluqsho” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌 Uchrashuv deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘tkazilib, mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Muhokamalar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🏘 Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish va hudud obodligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 5