Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Tog‘li va olis hudud aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputati D.Xolmurotov tomonidan tumanning tog‘li va olis hududi “Pskom” mahallasida istiqomat qiluvchi aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida uzoq yillardan buyon buloq suvlaridan foydalanib kelayotgan aholi yashash manzillariga ichimlik suvi tarmoqlarini tortish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Mas’ul tashkilotlar va pudratchi korxona vakillari ishtirokida quvurlar yotqizilishi, suv inshootlari qurilishi, tarmoqlarni aholi xonadonlariga ulash ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi muhokama qilindi.

Aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi. Fuqarolar tomonidan mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanishi, sifatli va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati kengayishini ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 3