Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Samarqand shahar kengashi deputati Bagirov Nosir, shahar hokimi o‘rinbosari Nishonov Farxod hamda Bog‘bonlar MFY oqsoqollari va mahalla raisi Qodirov Vali ishtirokida mahalla hududidagi foydalanilmayotgan stadion holati yuzasidan o‘rganish va suhbat o‘tkazildi.

 Suhbat jarayonida mazkur hududga investorlarni jalb etish, stadionni zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklash va uni yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishiga xizmat qiladigan maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslari doirasida mahallalardagi sport maydonlari hamda stadionlar holatini o‘rganish, ularni bosqichma-bosqich tiklash va bu kabi amaliy ishlarni boshqa mahallalarda ham davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga qiziqtirish hamda mahallada sog‘lom muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2