Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
🏛 Deputatlik so‘rovi yuborildi

📍 Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati Vohid Shavqiyev tomonidan tumandagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida muassasa oshxonasidagi pol qoplamalarining yaroqsiz holga kelgani, bino tashqi fasadi va kirish qismida ta’mirtalab nuqsonlar mavjudligi aniqlandi.
⚠️ Mazkur kamchiliklar bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.
📄 Shu munosabat bilan Forish tuman hokimining o‘rinbosari F.O. Amirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborilib, nuqsonlar dalolatnomasi va smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish choralarini ko‘rish so‘raldi.
🤝 Masala deputat nazoratiga olindi.
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

📲 Telegram / 📱 Facebook / 📲 YouTube