Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan fuqarolar murojaatini o‘rganish natijasida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida “Yalang‘ochota” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi fuqaro O.Begmatova tomonidan sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaat bildirildi.

Murojaatda fuqaroning tibbiy ko‘rik xulosalariga ko‘ra jarrohlik amaliyotiga muhtojligi, biroq mavjud moddiy imkoniyatlari operatsiya xarajatlarini qoplash uchun yetarli emasligi ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
fuqaroning sog‘lig‘i holatini va taqdim etilgan tibbiy hujjatlarni o‘rganish;
zarur bo‘lgan jarrohlik amaliyotini amalga oshirish uchun amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, mazkur murojaat deputat nazoratiga olingan.

Masala ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2