Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan “Qo‘rg‘on” mahallasida saylovchilar bilan individual uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌱 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-son Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Qonunda belgilangan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda fuqarolarning ushbu yo‘nalishdagi huquqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2