Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi masalasi sessiyada muhokama qilindi.


Ta’kidlanganidek, 2026-yilda Samarqand shahri aholisini kartoshka, un, guruch, go‘sht, o‘simlik yog‘i, tuxum va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narxlar keskin oshib ketishining oldini olish hamda inflyatsiyaning nomonetar omillarini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, mahsulotlarni boshqa hududlardan kafolatli olib kelish, kuz-qish mavsumi uchun zarur zaxiralarni shakllantirish, arzonlashtirilgan yarmarkalarni tashkil etish, “Daladan do‘kongacha” tamoyili asosida mahsulotlar yetkazib berish tizimini rivojlantirish hamda aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Sessiya yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berilib, qaror ijrosi doimiy nazoratga olindi.