Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kotib

👨‍💼 Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, 15-sonli Yuzrabod saylov okrugidan saylangan deputat Botir Erkinovich Nurmatov tomonidan 210-maktabda Open Budget loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan loyiha doirasida maktab uchun xarid qilingan jihozlarning yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🧵 Jumladan, mehnat ta’limi xonalari uchun mo‘ljallangan tikuv mashinalari hamda 🖥 zamonaviy elektron doskalarning bir qismi maktabga yetkazib berilgani aniqlandi.

⚠️ Shu bilan birga, loyihada nazarda tutilgan jihozlarning barchasi hozirga qadar to‘liq yetkazib berilmagani qayd etildi.

🏛 Mazkur holat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar, jumladan Mirzo Ulug‘bek tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ullariga:

✅ qarorda belgilangan mablag‘larning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash;

✅ davlat xaridlari jarayonlarining qonunchilik talablari asosida sifatli tashkil etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;

✅ maktab tomonidan yutib olingan jihozlarning qolgan qismini qisqa muddatlarda yetkazib berish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

📌 Open Budget loyihalari doirasida aholi tashabbusi bilan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlar sifati va ijro muddatlari ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4