🚧 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov tomonidan Shovot tumani Royat va Guliston mahallalari hududidan o‘tuvchi 4R159 “Urganch shahri – Shovot shahri – Turkmaniston chegarasi” avtomobil yo‘lida yuzaga kelgan muammo bo‘yicha yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
🛣 Mazkur hududdagi piyodalar o‘tish joylarida yo‘l chiziqlari eskirgani hamda ko‘rinmay qolganligi sababli fuqarolar, ayniqsa maktab o‘quvchilari va piyodalar harakati uchun xavfli holat yuzaga kelayotgan edi.
✅ Deputatlik so‘rovi asosida mas’ul tashkilot tomonidan hududda piyodalar o‘tish chiziqlari yangidan chizilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi.
⚠️ Amalga oshirilgan ushbu ishlar:
🔹 piyodalar xavfsizligini ta’minlash;
🔹 yo‘l-transport hodisalarining oldini olish;
🔹 maktab o‘quvchilari uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish;
🔹 aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.