Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Сўнгги қўнғироқ”: хавфсизлик, интизом ва тартиб устувор
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ котибиятида туманда фаолият юритаётган сиёсий партиялар раҳбарлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ИЖРОСИ ТАЪМИНЛАНДИ
янв.21
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СИЁСИЙ ПАРТИЯ ВАКИЛЛАРИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЖАҲОН БАНКИНИНГ “ҚИШЛОҚ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА АСФАЛТЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
ҲОКИМ ВА ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ҲАМДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ЎРГАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТЛАР ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
Chorchinor MFYda tadbirkorlik va kredit masalalari muhokama qilindi. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlar Qo'qon shahar Kengashi deputati Y.To‘ychiyev tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig'ini hududida tijorat banklari vakillari ishtirokida mahalla ahli uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Ortiqcha ovoragarchiliksiz kredit: Fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish va to‘siqlarni olib tashlash.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash: Mahalla hududida kichik tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

Mas’uliyat va majburiyat: Muammoli va muddati o‘tgan kreditlarni qaytarish hamda undirish masalalarini tartibga solish.

​Tadbirda mahallaning faol fuqarolari bilan bir qatorda, o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlar ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga banklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1