Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida “Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Uchtepa tumani Kengashi deputatlari ishtirokida “Yoshlar kuni” doirasida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

📇 Uchrashuv davomida tumandagi 81-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari hamda o‘quvchi-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga “Adolat” SDPdan saylangan deputati Ibrohimjon Abdullayev hamda O‘zLiDePdan saylangan deputati Saodat Dusmuxamedova ishtirok etib, yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g'oyalari va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

🌎 Muloqot davomida maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Aqlli chelak” loyihasi hamda sun’iy intellekt asosida ishlovchi ko‘zoynak loyihalari taqdim etildi. Mazkur ishlanmalar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

🍀 Ta’kidlanganidek, 81-maktab bir necha yildan buyon “Eko maktab” maqomida faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur ta’lim maskanida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

↗️ Uchrashuvda maktabning bitiruvchisi, bugungi kunda Uchtepa tumani Maxsustrans korxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan Mirsaid Davlatov ham ishtirok etib, yoshlar bilan o‘z tajribasi va hayotiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

💬 Tadbir davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 7