Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi balansidagi xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda hokimlikka qarashli ayrim xizmat avtomobillari texnik nosoz holatga kelib qolgani, ularning xizmat safarlari va hududlarda olib borilayotgan ishlarni tashkil etishda foydalanilayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, mazkur avtomobillarni ta’mirlash ishlari uchun 31 million 500 ming so‘m mablag‘ ajratish taklifi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida xizmat avtomobillarining texnik soz holatda bo‘lishi hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, xizmat safarlari va tezkor vazifalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida ushbu masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda belgilangan tartibda keyingi bosqichga kiritilishi ma’qullandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1