Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov tomonidan saylov okrugidagi Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hududda hokim yordamchilari tomonidan aholining turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijalari tahlil qilindi.

Xususan, mahallada aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish yo‘nalishidagi ishlar samaradorligi muhokama etildi.
Shuningdek, ijtimoiy xodimlar faoliyati ham o‘rganilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda manzilli ijtimoiy yordam tizimini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3