Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida sohaga oid dolzarb masala muhokama qilindi.

🔹Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov raislik qildi. Unda shuningdek, kotibiyat mudiri A.Ermatov ham ishtirok etdi.

🔹Yigʻilshda Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan 2026 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Hisobotda shaharda yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori hamda Hukumat tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida izchil tashkil etilgan. Mazkur hujjatlar doirasida shahardagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xavfli hududlarni nazoratga olish va harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.
🔹Yig‘ilishda, ayniqsa, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan bu boradagi profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish va targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4