Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

#96_qonun
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash doirasida yoshlar bandligini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, mavjud ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3