Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Muxtor Ilhomov va Dilshod Shoumarov aholi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor masalalarni o‘rgandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Muxtor Ilhomov va Dilshod Shoumarov aholi bilan uchrashib, hududdagi ustuvor masalalarni o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Muxtor Ilhomov hamda Dilshod Shoumarov tomonidan Uchtepa tumanidagi mahallalarda aholi bilan uchrashuv tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga yechim topish yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

📍 Uchrashuvlarda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari, kommunal xizmatlar sohasi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔍 Xususan, mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faollari hamda hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

📉 Shuningdek, ichki ko‘cha yo‘llarining holati, tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, kommunal xizmatlar sifati, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🤝 Deputatlar tomonidan kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda fuqarolar bilan ochiq va tizimli muloqotni davom ettirish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

✅ Yakunda ko‘tarilgan har bir murojaat va taklif yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ijro intizomini kuchaytirish hamda masalalarning yechimini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3