Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#tavsiyalar_asosida_yashil_maydon
#tavsiyalar_asosida_yashil_maydon

Davlat xizmatlari markazi — qulaylik, e’tibor va yashil muhit uyg‘unlashgan maskan.

Kogon shahridagi Davlat xizmatlari markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida bu yerda fuqarolar uchun har tomonlama qulay muhit shakllantirilayotganiga yana bir bor amin bo‘lindi. Markaz bugungi kunda nafaqat xizmat ko‘rsatish joyi, balki aholiga qulay va shinam maskan sifatida rivojlanib bormoqda.

Ayniqsa, hududda tashkil etilgan yashil bog‘ alohida e’tiborga loyiq. Ushbu hudud fuqarolarning dam olishi, navbat kutish jarayonini yengilroq o‘tkazishi uchun xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda yashil hududni kengaytirish, qo‘shimcha ko‘chatlar ekish, gulzorlar barpo etish hamda hududni yanada obodonlashtirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, o‘rindiqlar o‘rnatish, soyali joylar yaratish va atrof-muhitni yanada chiroyli qilishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Bu esa markazga tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay va yoqimli muhit yaratmoqda.

Umuman olganda, bunday yondashuv markazni oddiy rasmiy idoradan ko‘ra, inson manfaatini ustuvor qo‘ygan, zamonaviy va ekologik jihatdan qulay maskanga aylantirib bormoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5