Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Bekobod tumanida inson qadri ustuvor yo‘nalishda

🔷Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari S.Shokirova (O‘zbekiston “Adolat” SDP) hamda I.Egamberdiyev (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi), shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman rahbari A. Xudoyberdiyevlar tomonidan ijtimoiy holati og‘ir oilalar xonadonlari o‘rganildi.

🔷Xususan, xonadonida 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda boquvchisi yo‘q oilalarning yashash sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mazkur tashrif davomida ularning muammolari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

🔷“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan ana shunday oilalarning uylarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilgani alohida ta’kidlandi.

🔷Bu kabi ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va ijtimoiy adolat tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3