Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Ravot yoshlari muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 4-Ravot saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tomonidan Ravot mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda yoshlarga ajratilgan yer maydonlari holati o‘rganildi.

Jarayonda tuman prokurori Ravshan Masharipov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Zarbdor tuman bo‘limi boshlig‘i Tolqin Qodirov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qarori asosida 78 nafar yoshlarga ajratilgan yer maydonlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda yoshlarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun yuqori hosildorlikni ta’minlash hamda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida subsidiya asosida suv qudug‘i qazish va uni elektr tarmog‘iga ulash masalalari ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 4