Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Nazorat tadbiri davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan hududdagi 6-Qorasuv saylov okrugiga qarashli Gulzor mahallasidagi 6-son maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Nazorat jarayonida muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘yin maydonchalari, plashatkalar, musiqiy hamda mashg‘ulot xonalari, oshxona va tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan ovqatlanish ratsionlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, zaxira omborlari holati ham o‘rganilib, mavjud sharoitlar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Ayniqsa, muassasada tashkil etilgan yo‘l harakati qoidalari va xavfsizlikni o‘rgatish maydonchasi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ushbu maydonchada yo‘l belgilari, piyodalar yo‘lakchasi, svetofor va yo‘l chiziqlari amaliy tarzda joylashtirilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarga ko‘chadan xavfsiz o‘tish, svetofor signallariga amal qilish hamda yo‘l harakati madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Nazorat tadbiri davomida yosh avlodning xavfsiz va zamonaviy muhitda tarbiyalanishi, ularning sifatli ta’lim va tarbiya olishi masalalari ustuvor vazifa ekani deputat tomonidan ta’kidlandi.

Slide 1 of 1