Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Сўнгги қўнғироқ”: хавфсизлик, интизом ва тартиб устувор
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ котибиятида туманда фаолият юритаётган сиёсий партиялар раҳбарлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ИЖРОСИ ТАЪМИНЛАНДИ
янв.21
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СИЁСИЙ ПАРТИЯ ВАКИЛЛАРИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЖАҲОН БАНКИНИНГ “ҚИШЛОҚ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА АСФАЛТЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
ҲОКИМ ВА ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ҲАМДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ЎРГАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТЛАР ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining tuman bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida bo‘linma tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’rifiy loyihalar hamda targ‘ibot materiallarining mazmun-mohiyati va qamrov darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Deputat bo‘linma rahbari F.Fayzulloyeva bilan muloqot o‘tkazib, faoliyat samaradorligi, mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashdi. Suhbat davomida targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirish, aholining turli qatlamlarini qamrab olish, ayniqsa, yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va ta’sirchan usullardan foydalanish zarurati ta’kidlandi.

🔷Shu bilan birga, markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5