Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Сўнгги қўнғироқ”: хавфсизлик, интизом ва тартиб устувор
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ котибиятида туманда фаолият юритаётган сиёсий партиялар раҳбарлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ИЖРОСИ ТАЪМИНЛАНДИ
янв.21
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СИЁСИЙ ПАРТИЯ ВАКИЛЛАРИ ИШТИРОКИДА ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЖАҲОН БАНКИНИНГ “ҚИШЛОҚ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ” ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДА АСФАЛТЛАШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
ҲОКИМ ВА ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ҲАМДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИНИ ЎРГАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТЛАР ТОМОНИДАН ЎРГАНИЛДИ
Uchtepa tumanida davlat tili masalalari muhokama qilindi

Uchtepa tumanida davlat tili masalalari muhokama qilindi

 💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-31-14-202-K/26-sonli qaroriga muvofiq, tumanda “Davlat tili haqida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari yuzasidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

 🗣 Mazkur masala yuzasidan Uchtepa tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Siddiqxo‘jayeva tomonidan hisobot berildi. Hisobotda tumanda davlat tilining qo‘llanishi, qonun va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi, tashkilot va muassasalarda ish yuritishning davlat tilida olib borilishi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar batafsil yoritildi.

 🇺🇿 Shuningdek, Toshkent shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev raisligida Uchtepa tumanida muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyat mudiri A.Usmanov, tuman hokimining o‘rinbosarlari O.Raxmonberdiyev va M.Aripova, hokim maslahatchilari, tuman tashkilotlari rahbarlari hamda barcha tumanlar hokimlarining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdilar.

 💬 Yig‘ilish davomida tumanda “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi va atroflicha muhokama qilindi.

 🔼 Shu bilan birga, “Toshkent shahrining joy nomlari izohli lug‘ati” kitobi yuzasidan “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi” kotibi, toponomist G.Gapparova tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda joy nomlarining tarixiy va ilmiy asoslari, ularni to‘g‘ri qo‘llash hamda qayta nomlash jarayonlarida amal qilinishi lozim bo‘lgan mezonlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 📁 Yig‘ilish yakunida davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etish, tashkilotlarda ish yuritishni davlat tilida olib borishni yanada takomillashtirish hamda joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6