Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Saylovchilar bilan uchrashuv

DEPUTAT VA SAYLOVCHI: AMALIY MULOQOT VA NATIJA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari tizimli ravishda davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X.Salomov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov ishtirokida "Obikor" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining dardu tashvishlarini tinglash, mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash borasidagi takliflarini o‘rganishdir.

✅Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹 Mahalladagi ichki yo‘llar va elektr ta’minoti holati;

🔹 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish;

🔹 Saylovchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va jamoaviy murojaatlar.

✅Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga yuzlandilar. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✅"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bizning vazifamiz saylovchilar ishonchini oqlash va har bir muammoga yechim topishdan iborat," — deya ta’kidladi uchrashuvda X.Salomov.

✅Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovi chiqarish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 5