Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.J. Tashkulov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.X. Eshmuratov, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi B.T. Rahmankulov, tuman prokurori Z.R. Ziyadullayev, tuman IIO FMB boshlig‘i Sh.A. Miliyev, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🌏 Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan: — tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar; — “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan loyiha ofislari hamda yo‘l xaritasini tasdiqlash, shuningdek hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish masalalari; — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish va besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni tashkil etish; — mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ularni maqsadli yo‘naltirish.

🌏 Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 1