Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining „Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha parlament nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida“gi qarori fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish hamda ushbu jarayonda parlament nazoratini kuchaytirishga qarori qabul qilindi.

Qaror bilan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, davlat organlarining mas’uliyatini oshirish hamda fuqarolar muammolarini joyida bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Qarorga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining tegishli hududda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti asosida hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda sessiyalarda eshitib borish;

Shuningdek, Kengash deputatlari va „mahalla yettiligi“ ishtirokida jamoaviy murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganish hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muhokamalar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Bundan tashqari, aholi murojaatlari bilan ishlash borasida Kengash va deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda hamda Kengashning rasmiy veb-saytida yoritib borish tavsiya etilgan.