Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Kun tartibidagi uchinchi masla

Kun tartibidagi uchinchi masla

 Angor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida Mazkur masala yuzasidan Angor tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Kuchkarov Sanjar Baxtiyorovich tomonidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda ta’kidlanganidek, 2026-yil 1-chorak davomida tumanning mahalliy budjeti daromadlari belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq shakllantirilib, asosiy tushum manbalari hisobidan budjetga mablag‘lar o‘z vaqtida kelib tushishi ta’minlandi. Shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘imida tizimli ishlar olib borilgani natijasida daromadlar qismi barqaror bajarildi. Xarajatlar qismi bo‘yicha esa budjet mablag‘lari, avvalo, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlariga maqsadli yo‘naltirilgani qayd etildi. Mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda mavjud kamchilik va muammolar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qaror qabul qilindi