Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Madadkor mahallasidan murojaat o‘rganildi.

Mahalla raisi R. Mamedov boshchiligida bildirilgan murojaatda ta’kidlanishicha, bugungi kunda Samarqand shahrida markaziy va ichki ko‘chalarda yog‘ingarchiliklar sabab yuzaga kelgan chuqurchalarni ta’mirlash, asfalt qoplamasini yotqizish ishlari izchil amalga oshirilmoqda va bu aholi tomonidan ijobiy qarshi olinmoqda.

Shu bilan birga, Madadkor mahallasi hududida ham ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan oliy ta’lim, umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalari joylashgan bo‘lib, hududdagi markaziy va ichki ko‘chalarda (Xaymar, O‘zbekiston, Jalol Jo‘rayev va yana qator ko‘chalar) mavjud chuqurchalar fuqarolar harakatlanishiga jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

 Ma’lum qilinishicha, mazkur masala yuzasidan joriy yil 22-aprel kuni 22-sonli yozma murojaat ham taqdim etilgan.

Mazkur murojaat asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, muammoni ijobiy hal etish hamda ko‘chalarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.