Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Deputatlar tomonidan Jalaquduq tumanida investitsiya va drayver loyihalar ijrosi o‘rganildi

              Jalaquduq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, shuningdek, amalga oshirilayotgan investitsiya va drayver loyihalar ijrosi yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. Xayitoxunov, viloyat Kengashi deputati O.Nosirov, kotibiyat mudiri I.Jo‘rayev hamda doimiy komissiya raisi E.Qurbonovlar ishtirok
etdilar.Jumladan, Jalaquduq tumani Do‘ngqishloq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy bo‘yida tadbirkorlik subyektlari tomonidan baliqchilikni rivojlantirish, zamonaviy dam olish maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar holati o‘rganildi. Shuningdek, Qilichmozor mahallasi hududida 8,7 gektar yer maydonida barpo etilayotgan
zamonaviy “Eko bozor” qurilishi hamda “Andijon–Xonobod” avtomobil yo‘li yoqasida 500 metr uzunlikdagi zovurni yopiq drenaj tizimi asosida rekonstruksiya qilish va uning atrofida 20 ta savdo hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida tadbirkorlar va mahalliy aholi vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Suhbat jarayonida tadbirkorlar hamda fuqarolar tomonidan yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar yuqori baholanib, olib borilayotgan islohotlardan mamnunlik bildirildi.
 

   

Slide 1 of 8