Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar bandligi – ustuvor yo‘nalish

8-Lutfiy okrugi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan tashrif doirasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati batafsil tahlil qilindi. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, mahallada oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bandligi ta’minlanmagan yoshlar mavjudligi ustuvor muammolardan biri sifatida e’tirof etildi.

Mazkur holat yuzasidan deputat “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda 2021-yil 20-apreldagi yoshlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman Yoshlar ishlari agentligi ishtirokida masalani atroflicha muhokama qildi.

Muhokamalar jarayonida oliy ma’lumotli ishsiz yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bazasini kengaytirish, ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda aniq va manzilli choralarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar ilgari surildi. 

Slide 1 of 5