Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar – kelajagimiz poydevori

Yoshlar – kelajagimiz poydevori

Joriy yilning 28-aprel kuni mamlakatimiz Prezidenti “Neftchi” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil siyosatning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yosh sportchilar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning orzu-intilishlari, kelgusidagi rejalari bilan qiziqildi. Shuningdek, yurtimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa, futbolni ommalashtirish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

Bugungi kunda yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularni jismonan barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. “Neftchi” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari esa kelajakda yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga qodir avlod sifatida kamol topmoqda.

Navoiy shahrida ham yoshlar sportini rivojlantirish, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Biz, xalq deputatlari sifatida, bu kabi tashabbuslarni doimiy qo‘llab-quvvatlab, yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Yoshlarimizning yutuqlari – mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.

 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich

Slide 1 of 1