Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat va mahalla yettiligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Deputat va mahalla yettiligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Sardoba tumani “Otayurt” mahallasida tuman Kengashi deputati Q O'tayev tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari hamda hududda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 

21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. 

Xususan, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

 Shuningdek, mahalladagi infratuzilma masalalari, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

 Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda PF-209-sonli Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5