Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Navoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildiNavoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Navoiy shahar “Istiqlol” MFYda ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovichning kasalxonada davolanayotganligi sababli, belgilangan haftalik ish rejasiga muvofiq Navoiy shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash holati tahlil qilindi. O‘rganish ishlari Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan amalga oshirildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil davomida “Istiqlol” MFYda jami 32 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Ularning 12 nafari davlat tomonidan doimiy nazoratga olinib, moddiy yordam tayinlangan. Shuningdek, 20 nafar fuqaro kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, mahallada 4 nafar yakka-yolg‘iz fuqaro hamda 2 nafar yolg‘iz keksalar va nogiron shaxslar ro‘yxatga olingan.

O‘rganish davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, mahalla ijtimoiy xodimi Abdunorova Dinora Abrievnaning 2026 yil uchun mo‘ljallangan ish rejasi birinchi chorak yakunlangan bo‘lishiga qaramasdan mavjud emasligi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4