Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБЛИ РЕЖАЛАШТИРИШДАН БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
МЕҲР ВА ЭЪТИБОР — ИНСОН ҚАДРИНИ ЮКСАЛТИРАДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИДА ЯНГИ АЁЛЛАР САЛОМАТЛИК МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
янв.21
ОБОД МАҲАЛЛА — ФАРОВОН ҲАЁТ АСОСИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ МУАММОЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ СОҲАДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Yoshlar ma’naviyati – kelajak poydevori

Tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan tuman markaziy kutubxonasida “Yoshlar ma’naviyati – kelajak poydevori” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unda hududdagi faol va tashabbuskor yoshlar, kitobxonlar hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zararli illatlardan asrash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida fikr almashildi.

Deputat o‘z nutqida bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarni doimiy o‘qib-o‘rganishga, mustaqil fikrlashga hamda Vatanga sadoqat ruhida yashashga da’vat etdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, kelgusida bunday muloqotlarni muntazam tashkil etishning muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5