Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Deputat faoliyatidan

HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati hamda kotibiyat mudiri M. Nishanova reja-jadval
asosida Gulabod MFY hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha
o‘rganish olib bordi.
 

 O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari
yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish yuzasidan olib borilayotgan
ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 

 Hududda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini
yanada oshirish, aholi bandligini ta’minlashni kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish
va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 

 Mazkur o‘rganishlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish,
aholi turmush farovonligini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga
xizmat qilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 1