Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Deputat nazorati

 Deputat va hokim yordamchisi hamkorligi — aholi farovonligi garovi 

Xalq deputatlari Ohangaron tuman
Kengashi deputati, Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi Shahlo
Ko‘chimova o‘z saylov okrugidagi "Yonariq" MFY hududida hokim
yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
 

O‘rganish jarayonida mahallada
aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesni
qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda ehtiyojmand
fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam ishlari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga
o‘qitish, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, imtiyozli kreditlar
ajratish orqali yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish borasida olib
borilayotgan ishlar o‘rganildi.
 

Suhbat davomida mahalla aholisi,
ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularni tadbirkorlikka
jalb qilish, daromad manbaini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
yuzasidan fikr almashildi.
 

 Olib borilayotgan ishlar samaradorligini
yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda aholi
bandligini ta’minlashni kuchaytirish maqsadida tegishli taklif va tavsiyalar
berildi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari mahallada
ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda
manzilli ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qilishi muqarrar.
  

Slide 1 of 3