Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ижтимоий ходим фаолияти ўрганилди
янв.21
Селхоналар ҳолати ўрганилди
янв.21
Депутат мактабдаги тўгараклар фаолияти билан танишди
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ ТОМОНИДАН ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ИШ КУНИ ТАРТИБ ВА ИЖРО ИНТИЗОМИДАН БОШЛАНДИ
янв.21
Болаларнинг ёзги дам олиш мавсумига тайёргарлик кўрилмоқда
янв.21
ИСКАВОТ — КОСОНСОЙ ЙЎЛИДАГИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат ташаббуси билан ҳашар ташкил этилди
янв.21
БЕКАБОДСОЙДАГИ СЕЛ ОҚИМИ ОҚИБАТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi – ustuvor yo‘nalish

 Guliston shahri “Nihol” mahallasi aholisi tomonidan so‘nggi vaqtlarda, ayniqsa xotin-qizlar tomonidan qandolatchilik sohasida samarali faoliyat yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur yo‘nalish aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish bilan birga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 Jumladan, uy sharoitida turli xil shirinliklar, tort va pishiriqlar tayyorlanib, buyurtmalar asosida sotuvga chiqarilmoqda. Bu esa xotin-qizlarning o‘zini o‘zi band qilishiga, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishiga imkon yaratmoqda.

Mazkur jarayonlarda xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Dilorom Xolmatova tomonidan aholi, xususan xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, zarur maslahat va yo‘naltirishlar berish orqali bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ushbu amaliy ishlar mahallada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda.