Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
Deputat tashabbusi bilan Sarikul mahallasi aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Samatov tomonidan Sarikul mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv davomida aholi tomonidan mahallada davlat tomonidan qurilgan arizian qudug‘i ayni vaqtda ishlamayotgani, shu sababli ichimlik suvi ta’minotida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan murojaat qilindi.

🔹Murojaat asosida deputat tomonidan muammo joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida quduqning suv chiqaruvchi nasosi nosoz holatga kelgani aniqlandi. Mazkur nasos ishga tushirilsa, Sarikul mahallasidagi 75 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

📌 Muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari B.Ibodullayev hamda “Samarqand suv ta’minoti” AJ Nurobod tuman filialiga deputat so‘rovi yuborildi.

💧 Natijada joriy yilning 16-aprel kuni “Samarqand suv ta’minoti” AJ tomonidan ajratilgan VAKSIN TURE 4VK10/34 (380V, 50Hz, 7.5 kW) rusumli nasos agregati o‘rnatilib, ishga tushirildi.

🤝 Bugungi kunda ushbu amaliy ishlar samarasida Sarikul mahallasidagi 75 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanib, aholi roziligiga erishildi.

✅ Amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar aholining turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5