Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ КУНИ ТАШКИЛИЙ ЙИҒИЛИШ БИЛАН БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДА — МУРОЖААТЛАР ОРТИДА ИНСОН ТАҚДИРИ БОР
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЖОЙЛАРДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
#sayyor_qabul

#sayyor_qabul

Xalq deputatlari Kogon shahar kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Mardonov hamda kengash kotibiyati mutaxassisi I. Ikromovlar ishtirokida shahardagi 9-son umumta’lim maktabida sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.

Deputatlar bevosita yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning ta’lim sifati, sport infratuzilmasi, to‘garaklar faoliyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha murojaat va takliflarini tingladilar. Har bir murojaat deputatlar tomonidan alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, joyida tushuntirishlar berildi.

Deputatlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularni faol bo‘lishga, bilim va salohiyatini oshirishga hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashga undadilar. Bildirilgan ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan masalalar esa deputatlar nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi.

Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning fikr va takliflari inobatga olindi. Bunday sayyor qabullar deputatlarning aholi bilan bevosita ishlashida, muammolarni tezkor aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 8